“Uzbekistan GTL” MChJda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish
“Uzbekistan GTL” MChJda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish hamda jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda “O‘zbekneftgaz” AJ Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat departamenti vakillari, korxona rahbariyati hamda xodimlari ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida Prezident Murojaatnomasida belgilangan asosiy yo‘nalishlar, jumladan, ochiqlik, shaffoflik va mas’uliyatni oshirishga qaratilgan vazifalar muhokama qilindi.
Shuningdek, seminar-trening doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, korrupsiya xavflarini oldini olish, komplayens-nazorat tizimining amaliy jihatlari hamda huquqiy asoslar bo‘yicha tushunchalar berildi.
Tadbir yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslarini bildirib, bildirilgan masalalar yuzasidan mas’ul shaxslarga tegishli topshiriqlar berildi.