“Uzbekistan GTL” MChJ Kuzatuv kengashi faoliyati yuzasidan
“Uzbekistan GTL” MChJ Kuzatuv kengashi faoliyati yuzasidan
Joriy yilning 7-iyul kuni yangilangan tarkibdagi “Uzbekistan GTL” MChJ Kuzatuv kengashi a’zolarining zavod faoliyati bilan tanishuvi hamda Kuzatuv kengashining yig‘ilishi o’tkazildi.
Xususan, Kuzatuv kengashining yig’ilishda kun tartibi bo’yicha Kuzatuv kengashi raisi va kotibini saylash, transformatsiya dasturini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.
Qolaversa, korxonada boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, operatsion faoliyat yuritish modellarini ishlab chiqish, moliyaviy hisoblarning xalqaro standartlarini joriy etish, moliyaviy modellashtirish, operatsion samaradorlikni oshirish, shuningdek, ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini tatbiq etishni ko‘zda tutuvchi transformatsiya dasturini ishlab chiqarish borasida fikr almashildi.
Shuningdek, zavodga tashrif davomida Kuzatuv kengashi a'zolari korxona mas'ul mutaxassislari hamrohligida ishlab chiqarish jarayonlari, markaziy laboratoriya, texnologik qurilmalar hamda xodimlar uchun yaratilgan mehnat va ijtimoiy sharoitlar bilan tanishtirildi.