“O‘zbekneftgaz” AJ tizimi Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi mutaxassislari “Uzbekistan GTL”da
“O‘zbekneftgaz” AJ boshqarma va korxonalarida xavfsizlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan tajriba almashish seminari dasturiga muvofiq, 30-sentabr kuni seminar ishtirokchilari “Uzbekistan GTL” MChJ zavodida bo‘lishdi.
Dastlab ishtirokchilar zavodda gaz xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, texnika xavfsizligi bo‘yicha joriy etilgan texnologik yechimlar, xavf-xatarlarni baholash va boshqarish tartiblari, shuningdek, xodimlar uchun yaratilgan ish sharoitlari hamda individual himoya vositalari bilan ta’minlash tizimi o‘rganildi.
Shundan so‘ng seminar qatnashchilari nafaqat xavfsizlikka oid jarayonlar, balki ishlab chiqarishning jarayonlari va texnologik bosqichlari bilan ham tanishdilar. Mutaxassislar “Uzbekistan GTL” tomonidan ishlab chiqarilayotgan sintetik yoqilg‘i mahsulotlari va ularning qo‘llanilish yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari mas’ul mutaxassislar hamrohligida zavod markaziy labaratoriyasi, boshqaruv binosi, mahsulotlarni saqlash va yuklash texnologik qurilmalari hamda jarayonlari bilan tanishtirildi.
Tashrif so‘nggida ishtirokchilar “Uzbekistan GTL”da yaratilgan imkoniyatlarni, joriy etilgan xavfsizlik standartlari hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan yechimlarni yuqori baholab, bu tajribani tizimdagi boshqa korxonalarda ham qo‘llash maqsadga muvofiqligini ta’kidladilar.