“KMG Petrochem” MChJ delegatsiyasi “Uzbekistan GTL” zavodida boʻlishdi
Joriy yilning 26-may sanasida Qozog‘iston Respublikasining “KMG Petrochem” MChJ delegatsiyasi sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarish sohasida ilg‘or tajriba almashish, hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish va istiqbolli loyihalar yuzasidan muzokaralar olib borish maqsadida “Uzbekistan GTL” MChJ zavodiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida mehmonlarga mas’ul mutaxassislar hamrohligida rejali ta’mirlash ishlarining yakuniy natijalari hamda ta’mirdan so‘ng ishlab chiqarish samaradorligi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, delegatsiya uchun zavodning barcha asosiy qurilmalari bo‘ylab texnik ekskursiya tashkil etildi. Tashrif ishtirokchilari ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik yechimlar va yuqori aniqlikdagi nazorat tizimlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, tashrif davomida barqaror rivojlanish va ekologik xavfsizlik sohasidagi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari ham muhokama qilindi. Shuningdek, ularga zavodda ishlab chiqarilayotgan sintetik yoqilg‘i mahsulotlarining joriy holati, sifat ko‘rsatkichlari va xalqaro standartlarga muvofiqligi, mahsulotlarni saqlash, sotish va iste’molchilarga yetkazib berish jarayonlari haqida keng qamrovli ma’lumotlar taqdim etildi.