"Uzbekistan GTL" MChJ Personalni boshqarish bo‘limi xodimlari malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunladi
Joriy yilning aprel–may oylarida “Mehnat qonunchiligi bo‘yicha kadrlar xizmati faoliyatida qonun hujjatlari talablariga rioya qilish hamda mehnatga oid hujjatlarni rasmiylashtirish” mavzusida malaka oshirish kursi tashkil etildi. Mazkur kursda “Uzbekistan GTL” MChJ Personalni boshqarish bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.
Malaka oshirish jarayonida ishtirokchilar mehnat qonunchiligi, ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish yuridik tartiblari, ish haqi, ish tartibi, xodimlar bilan tuziladigan mehnat shartnomalarini to‘g‘ri yuritish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi. Kurs yakunida barcha ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
“Uzbekistan GTL” MChJ xodimlarining malakasini oshirish doimiy e’tiborda bo‘lib, bu kabi o‘quv dasturlari korxona faoliyatini yanada takomillashtirish, zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy etish hamda yuqori malakali mutaxassislar jamoasini shakllantirishga xizmat qiladi.