"Uzbekistan GTL" MChJ Chinoz terminalida ko‘rgazmali o‘quv mashg'ulotlari o‘tkazildi.
O'zbekiston Respublikasining o'ta muhim va toifalangan obyektlar xavfsizligini ta'minlash bo'yicha Respublika idoralararo komissiyasining ish rejasi hamda “O‘zbekneftgaz” AJning topshirig'iga muvofiq, “Uzbekistan GTL” MChJga qarashli Chinoz terminalida ko'rgazmali o'quv mashg'ulotlari o'tkazildi.
Mashg'ulotlar “Obyektni qo‘riqlash muhandislik texnik vositalari bilan jihozlash, sanoat va yong'in xavfsizligini ta'minlash hamda kunlik navbatchilik faoliyatini tashkil etish” mavzusida o'tkazildi.
Tadbirda terminal xodimlari va fuqaro muhofazasi bo'linmalari bilan bir qatorda Toshkent viloyati Chinoz tumanidan mas'ul tashkilot vakillari ham ishtirok etishdi. Mashg'ulotlar davomida xavfsizlikni mustahkamlash, favqulodda vaziyat sodir bo'lganda tezkor harakat qilish, yong‘in va texnogen xavflarni bartaraf etish, evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirish hamda muhandislik-texnik vositalardan samarali foydalanish bo'yicha amaliy mashqlar bajarildi.
Mashg'ulot yakunida terminalning favqulodda vaziyatlarga tayyorlik darajasi va qo'riqlash tizimlarining samaradorligi ijobiy baholanib, mashg`ulot muvaffaqiyatli o'tkazilgani qayd etildi.