Yangiliklar
September 10
Oʻzbekneftgaz AJ xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda
Markaziy Osiyo va Kaspiy mintaqasida neftegazkimyo va neftni qayta ishlashga bag‘ishlangan XII Xalqaro biznes-sammit doirasida “Oʻzbekneftgaz” AJ delegatsiyasi turli xorijiy kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muloqotlarda korxona faoliyatini yanada takomillashtirish, xalqaro va mahalliy aloqalarni kengaytirish hamda yangi qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Sammit doirasida tashkil etilgan uchrashuvlar Oʻzbekneftgaz AJ uchun yangi biznes imkoniyatlari va istiqbolli hamkorlik aloqalarini shakllantirishda muhim qadam bo‘ladi.