Yangiliklar
September 12

Uzbekistan GTL mutaxassisi davlatlararo standartlashtirish jarayonida

“Uzbekistan GTL” MChJ Innovatsiya menejeri, texnika fanlari nomzodi Navro‘z Sultonov GOST davlatlararo standartlarini ishlab chiqishning neft va gaz sanoatiga oid yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistondan yagona mas’ul ekspert etib belgilandi.


GOST — MDH mamlakatlarida qo‘llaniladigan yagona texnik me’yorlar tizimi bo‘lib, mahsulot sifati, xavfsizlik va ekologik talablari hamda sinov usullarini belgilaydi. Neft va gaz sanoatida ushbu standartlarga rioya etish ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini kafolatlaydi, sinov metodlarini uyg‘unlashtiradi va davlatlararo bozorlarda tan olinishini ta’minlaydi.

Navro‘z Sultonov:

- neft va gaz mahsulotlari uchun texnik normalarni ishlab chiqishda ekspert sifatida qatnashadi;

- amaliy tajriba asosida zamonaviy me’yor va talablarni shakllantirishda mas’ul bo‘ladi;

- davlatlararo hamkorlik doirasida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar beradi.

Bu nafaqat mutaxassisning professional kasbiy yutug‘i, balki Uzbekistan GTL jamoasining yuqori ilmiy salohiyatidan dalolat beradi. Shu bilan birga, O‘zbekiston nomidan ushbu yoʻnalish boʻyicha GOST standartlari ishlab chiqilishida bitta mas’ul mutaxassis sifatida qatnashish — katta mas’uliyat va iftixordir.

Uzbekistan GTL jamoasi hamkasbimizning ushbu yutugʻidan faxrlanadi va samimiy tabriklagan holda Navroʻz Sultonovga mustahkam sogʻlik, oilaviy farovonlik, kelajakdagi ishlarida omad va muvaffaqiyatlar tilaydi.