Yangiliklar
May 31

"Uzbekistan GTL" MChJ xodimi Yaponiyada malaka oshird

"Uzbekistan GTL" MChJ xodimi Mansurbek Xasanov Yaponiya tomonidan tashkil etilgan nufuzli JCCP (Japan Cooperation Center for Petroleum and Sustainable Energy) trening dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etdi va sertifikat bilan taqdirlandi.

Ushbu trening asosan ishlab chiqarish korxonalaridagi texnik xizmat ko‘rsatish tizimlari, uskunalarning holatini monitoring qilish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va mavjud muammolarni tizimli hal qilish kabi yo‘nalishlarni qamrab oldi.

Trening davomida Mansurbek Xasanov Yaponiyaning sanoat giganti hisoblangan kompaniyalari – Yokogawa Electric, Emerson, Fisher va Schneider Electricda bo‘lib, ilg‘or ishlab chiqarish usullari bilan yaqindan tanishdi. Safar davomida u Yaponiyada ishlab chiqarish madaniyati, xavfsizlik standartlari va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha chuqur tajriba orttirdi.

Shuningdek, Mansurbek Xasanov Yaponiyadagi malaka oshirish dasturi davomida nafaqat kasbiy bilim va ko‘nikmalarni egalladi, balki o‘zbek milliy qadriyatlarini ham targ‘ib etdi.

JCCP — notijorat tashkilot bo‘lib, u Osiyo mamlakatlari o‘rtasida neft-gaz va barqaror energetika sohasida hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashinuvi va malakali kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan.