November 9, 2023

Prezident raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda kuz-qish mavsumida gaz ta’minotini yaxshilash masalalariga to‘xtaldi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida hosildorlik, daromad, ish o‘rni va investitsiyalarni ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Kun tartibidagi asosiy masalalardan tashqari davlatimiz rahbari byudjetga tushumlarni ta’minlash va kuz-qish mavsumida gaz ta’minotini yaxshilash masalalariga to‘xtaldi.

Ayrim tuman va shaharlarda tushumlar hajmi ulardagi sanoat ishlab chiqarishi va eksportning o‘sishiga, kiritilgan investitsiyalarga, umuman, mavjud salohiyatiga mos emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Hokimlar va mas’ul rahbarlarga aylanma soliq, alkogol va tamaki aksizining yig‘iluvchanligi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish, xufiyona aylanmaga qarshi kurashni kuchaytirish topshirildi.

Kuz-qish mavsumida aholi va tadbirkorlarga tabiiy gazni sifatli va uzluksiz yetkazib berish, sohadagi hisob-kitobni tartibga solish, gazdan noqonuniy foydalanishning oldini olish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tarmoq va hududlarning hisoboti eshitildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube