October 2

Korrupsiya xavfini boshqarish tizimi xalqaro darajada qayta tasdiqlandi

“O‘zbekneftgaz” AJning “ISO 37001:2016” xalqaro standart talablariga muvofiq joriy etgan Korrupsiyaga qarshi menejment tizimi navbatdagi auditdan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Audit jarayonida jamiyatda korrupsiya xavfini aniqlash, baholash va kamaytirish mexanizmlari, ichki nazorat tizimlari hamda xodimlarning etika va odob-axloq me’yorlariga amal qilishi atroflicha o‘rganildi.

Natijada tizimning xalqaro standartlarga to‘liq muvofiqligi tasdiqlandi va sertifikatning amal qilish muddati uzaytirildi.

“O‘zbekneftgaz”da bu tizimning joriy etilishi faoliyatda shaffoflik va hisobdorlikni kuchaytirish, biznes muhitini yaxshilash va investorlar ishonchini oshirishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, jamiyatning korporativ boshqaruv sifatini yanada yaxshilash va xalqaro standartlarga moslash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati