October 20

"O‘zbekneftgaz" AJ delegatsiyasining navbatdagi uchrashuvi "S&P Global Ratings" agentligi tahlilchilari bilan bo‘lib o‘tdi

Ruscha

"O‘zbekneftgaz" AJ delegatsiyasining Londonga tashrifi doirasida navbatdagi uchrashuv "S&P Global Ratings" agentligi tahlilchilari bilan bo‘lib o‘tdi.

Kompaniya vakillari davlat darajasidagi ko‘mak va amalga oshirilayotgan transformatsiya loyihalariga alohida e’tibor qaratishdi.

Agentlikka "Schlumberger" kompaniyasi bilan "O‘zbekneftgaz" AJ uchun iqtisodiy samaradorlikni hisobga olib, tabiiy gaz qazib olishni mavjud darajada saqlab qolish strategiyasi ishlab chiqilganligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Xorijiy tomon kompaniyaning burg‘ilash tadbirlari muddatini uchdan birga qisqartirish, buning natijasida bir quduq qurish xarajatlarini 0,4 mln - 1,0 mln dollarga kamaytirish, shuningdek kapital xarajatlarni 20 foizga qisqartirish, qarzning EBITDAga nisbati 3 dan past darajaga tushirish bo‘yicha erishilgan natijalarni yuqori baholadi.

Shuningdek, moliyaviy kovenantlarni nazorat qilish tizimi yaratilganligi va ularning belgilangan «komfort» zonalari doirasida bajarilishini ta’minlashga qaratilgan choralar ham alohida e’tirof etildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook