November 4

Murojaatlar soni 14 foizga kamaydi

2025 yilning yanvar-oktyabr oylarida “O‘zbekneftgaz” AJga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 546 ta murojaatning barchasi Boshqaruv apparati, boshqarma va korxonalar kesimida tahlil qilindi. Raqamlar murojaatlarning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14 foizga kamayganini ko‘rsatdi.

Ularning 339 tasi qanoatlantirilgan, 186 tasi bo‘yicha tushuntirish berilgan, 13 tasi rad etilgan, 8 tasi ish jarayonida.

Prezident virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalaridan jami 197 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ulardan 189 tasining ijrosi ta’minlandi, 8 tasi ko‘rib chiqilmoqda.

“Ishonch telefoni” orqali 1 382 ta murojaatga hamda veb-saytdagi “Onlayn-maslahatchi” xizmati orqali 1 552 ta murojaatga tezkor javob va tushuntirishlar berildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati