November 11

“O‘zbekneftgaz” AJda Kasaba uyushmalari kuni tantanali nishonlandi

11 noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari kuni hamda mamlakatimizda kasaba uyushmalari harakati tashkil etilganligining 120 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari keng nishonlanmoqda.

Kompaniya Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tantanali marosimda jamiyat rahbariyati, tizim korxonalari va kasaba uyushma faollari ishtirok etdi.

Tadbir davomida kasaba uyushmalari tizimida uzoq yillardan buyon fidokorona mehnat qilib kelayotgan faollar va yetakchilarning sa’y-harakatlari munosib e’tirof etildi.

Ularga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “O‘zbekiston kasaba uyushmalariga 120 yil” esdalik ko‘krak nishoni, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi, Xalqaro neft-gaz va qurilish kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi hamda “O‘zbekneftgaz” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasining faxriy yorliq, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Qashqadaryo viloyatining xonanda va sozandalari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Mazkur tadbir “O‘zbekneftgaz” tizimida mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, jamoa hamjihatligini mustahkamlash hamda kasaba uyushmalari nufuzini yanada oshirishga xizmat qildi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati