Kuzatuv kengashi vakillari Buxoro neftni qayta ishlash zavodida
“O‘zbekneftgaz” AJ Kuzatuv kengashining mustaqil a’zolari — Aleks Barri Melnikovich (AQSH) va Tomas Melvin Kuigli (Buyuk Britaniya) Buxoro neftni qayta ishlash zavodida bo‘ldi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad zavodning ishlab chiqarish va texnologik faoliyati bilan yaqindan tanishish, mavjud quvvatlar, modernizatsiya jarayonlari hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni o‘rganishdan iborat.
Shu bilan birga, sanoat xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Qayd etish joizki, ayni paytda zavodda xavfsizlik bo‘yicha amaldagi va istiqbolli loyihalar izchil amalga oshirilmoqda.
Delegatsiya a’zolariga ishlab chiqarishning asosiy ko‘rsatkichlari, ekologik barqarorlik va zamonaviy texnologik yechimlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Mehmonlar zavoddagi texnologik jarayonlarning xalqaro standartlarga mosligini yuqori baholadilar.