March 27, 2023

Tashrifning 7 qadami

Taqdimot

Mijoz bilan tashrif sabablarini muhokama qilganingizda- Taqdimot Sizning tashrifingizning bir qismidir.


Sizning tashrifingizning sababi nima bo'lishi mumkin?

Taqdimot uchun sabab

  • G'oyani sotish
  • Hisoblangan buyurtmani sotish
  • Yangi pozitsiyaga kirish
  • Savdo nuqtasida promo aksiyalar o'tkazish
  • Tokchalarlf ;joy almashtirish
  • Savdo jihozlarini o’rnini almashtirish
  • Ishlab chiqaruvchi va savdo belgilari haqida ma'lumot
  • Savdo shartlarini o'zgartirish

Siz taqdimotni boshlashingizdan oldin o'zingizga ikkita savol bering:
1. " Men g’'oyani qanday sotaman?"
2. "Maqsadlarimga erishish uchun qanday vositalardan foydalanaman?"

Sotishning 7 vositalari:

1. Mahsulotni bilish

Mahsulotimiz haqida bilishingiz kerak:

  • Ichimlik nimadan tarkib topgan?
  • Ichimlik qanday tayyorlanadi?
  • Har bir brendning tarixi qanday?
  • Har bir brendning xususiyatlari qanday?
  • Mijoz uchun qanday foyda bor?
  • Har bir brend uchun maqsadli iste'molchi kim?
  • O'ziga xos xususiyatlar qanday?
  • Qanday promo aktsiyalar o’tkazilyapti?
2. Namunalar
  • Namunalar buzilmagan va shikastianmaganligaishoncch hosil qiling.
  • Iloji bo'lsa, Mijozga mahsulotni tatib ko'rishga imkon bering, uning fikrini so'rang, o'z nuqtai nazari siz uchun muhimligini his etsin.
3. Taqdimot

Undan foydalanish sizga quyidagilarni beradi:

  • Faktlar - mahsulotlarimiz haqidagi ma'lumotlar va rasmlar
  • Eslatma - Siz hech narsani unutmaysiz
  • Ketma-ketlik - hamma narsani to'g'ri tartibda ko'rsatishga imkon beradi
  • Vaqtni tejash - yaxshi tashkil etish vaqtni tejaydi
  • Vakolat – so‘zlaringiz yozma ravishda tasdiqlanadi
  • a'sir etish- Mijoz e'tiborini tortadi
4. Reklama materiallari (POS)
  • Savdo taqdimoti davomida savdo nuqtasi vakiliga o’zingizning POS namunalarini ko'rsating va ularga sotishga yordam berish uchun ularni qayerga joylashtirish yaxshi bo’lishini ayting.

Qulaylik uchun, agar ular juda katta bo'lmasa, POS-ni o’z taqdimotingizda saqlang.

5. Mijoz kartochkaasi/kelishilgan harakat shakli
  • Kelishilgan harakat shakli – tashrif oxirida eslatma va kelishilgan punktlarni tasdiqlash uchun shaklni qoldiring
  • Mijoz kartochkasi - Sizga har bir savdo nuqtasi haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish imkonini beradi, jumladan:

1. Mijoz nomi

2. Mijoz savdo nuqtasida bo'lgan vaqt

3. Mavjud bo’lgan brendlar

4. Savdo nuqtasida sotiladigan toifalar

5. Baholash

6. Savdo uskunalari

7. Savdo nuqtasining joylashuvi

8. Asosiy shartnomalar

9. Boshqa izohlar

6. Ruchka
  • Mijoz e'tiborini Taqdimotchi yoki buyurtma shaklining kerakli sahifalariga qaratish uchun ruchkadan ko'rsatgich sifatida foydalaning.
  • Alohida e'tiborni punktni ruchka bilan belgilash yoki kerakli joyga ruchka bilan taqillatish orqali jalb qilish mumkin.
7. Ishonchli Sotish formati
  • G'oyani taqdim etishning tasdiqlangan usuli
  • Ijobiy natijaning yuqori ehtimoli
  • Tizimli logistic sxema
  • Doimiy amaliyotni talab qiluvchi alohida trening
O'z g'oyangizni Siz qanday sotishingiz haqida o'ylayotganda, sotib olish to'g'risida qaror qabul qilishda Mijoz sotib olish jarayonining muayyan bosqichlaridan o'tishini bilishingiz kerak.

Diqqat

Ushbu bosqichda Siz Mijozga uning biznesini tushunishingizni namoyish qilasiz.

Tashkil etuvshilar - misol:

  1. Ehtiyojlar - ko'proq foyda
  2. Maqsadlar - yaxshi tasvir
  3. Sizning mijozingizning tashvishi - bo'sh joy etishmasligi
  4. Biznes imkoniyati - tez harakatlanadigan mahsulotlar uchun ko'proq joy

Qiziqish

  • O'z fikringizni mijozga aniq va ravshan bayon qiling.
  • G'oyani taqdim etayotganingizda, Mijozning istaklari va ehtiyojlari haqida bilgan hamma narsani hisobga olishingiz kerak.

Istak

  • Siz o'z fikringizni Mijoz uchun foydali bo'lishiga e'tibor qaratgan holda batafsil tushuntirishingiz kerak
  • O’z g’'oyangizning afzalliklarini ta'kidlang

Muvaffaqiyatga erishish uchun Siz odamlar sizning mahsulotingiz yoki g'oyangizning xususiyatlarini EMAS - ular g'oya ularga bergan FOYDAni sotib olishlarini tushunishingiz kerak.

Shuning uchun siz ularga g'oyangizning foydasini sotishingiz kerak.

Bizning mahsulotlarimiz mijozlarimizga 4 ta afzalliklar beradi

1. Sifat - bizning barcha mahsulotlarimiz eng yuqori sifatli, jozibali qadoqlash, ta'mi, aromati va alkogol tarkibining eng yaxshi kombinatsiyasi.

2. Narx - Bizning barcha mahsulotlarimiz boshqa ichimliklarga nisbatan raqobatbardosh narxga ega, ayniqsa ularning sifatini hisobga olgan holda.

3. Tovar harakati - Bizning mahsulotlarimiz reklama tovarlari va tadbirlari bilan qo'llab-quvvatlanadi, bu ularning tez sotilishini ta'minlaydi va mahsulotning yaxshi aylanishiga olib keladi.

4. Foyda - Bizning barcha mahsulotlarimiz raqobatchilarning mahsulotlariga teng yoki undan ko'p foyda olish imkoniyatini beradi.

Afzalliklarni sotish ketma-ketligi

Afzalliklarni sotish ketma-ketligida 3 bosqich mavjud:

  1. Faktni qayd etting
  2. Foyda,afzallik bilan bog‘lash
  3. Rozilik oling