E'tirozlarni engib o’tish
Bizning taklifimiz, g'oyamiz yoki mahsulotimizga qarshi bildirilgan shubha, savol, dalil yoki bayonot.
E'tiroz yaxshimi yoki yomonmi?
Yaxshi tomonlari:
- Mijoz bizni tinglaydi
- Unga ko'proq ma'lumot kerak
- Qiziqish bildiradi
Yomon tomonlari: - Vaqtni oladi
- Mijoz biror narsani tushunmayotganligini bildiradi
- Salbiy muhit yaratadi
- Hayotni qiyinlashtiradi
E'tirozlar paydo bo’lishi sabablari:
• Yomon tayyorgarlik - Ma'lumotlarning etishmasligi, ma'lumotlar yo'qligi - mijozda raqobatchilardan ko'proq ma'lumotlar mavjud
• Past baho - mijozni bezovta qiladi. "Mijoz, uning biznes yuritish usuli haqida nomaqbul izohlar"
• Tarbiyasizlik – chekish, ruxsatsiz ctoldan biror narsa olish
• Tartibsizlik – Kiyim, soch turmagi, toza mashina Sizning ishonchingizga ta’sir qilishi mumkin
• Ko'p so'zlar - Mijoz rozi bo’lish yoki rozi bo'lmaslik imkoniyatiga ega bo'lmaydi - asabiylashadi
• Mubolag'a - Mijoz bizning taqdimotimizdagi har qanday nomuvofiqliklardan foydalanib, halolligimizga shubha QILADI
• Notashkilotchilik - mijoz biz undan nimani xohlayotganimizni tushunmaydi
Mijoz haqidagi bilimimiz mijozni qanchalik yaxshi tushunishimizga bog'liq, uning
Ehtiyojlari / maqsadlari
Tilaklari
Imkoniyatlari / Istiqbollari
U o'zini qanday baholaydi / o’z boshlig’i tomonidan qanday baholanadi
Buni oldindan bilgan holda, mijozning qanday e'tirozlari BO’LISHI mumkinligini taxmin qilishimiz va ushbu e'tirozlarga oldindan taqdimotda javob berishimiz mumkin.
Keling, nima uchun bu muhimligini ko'rib chiqaylik:
Yolg'on e'tirozni hal qilmoqchi bo'lganimizning nimasi yomon?
Haqiqiy e'tirozga biz javob topa olmaganligimizning nimasi yomon?
- Biz kelishuvga erishish imkoniyatini qo'ldan boy beramiz (haqiqiy e'tirozni hal qilmasdan, mijoz rozi bo'lmaydi)
- Muloqotning boshida e'tiroz juda umumiy bo'lishi mumkin va biz muloqot qobiliyatlaridan foydalangan holda mijozni nima chalkashtirib yuborishini tushunishimiz kerak.
Mijozning qaysi e'tirozi xaqqoniy ekanligini aniq belgilash uchun Siz kelgusi haftada tanishib chiqadigan e'tirozlarni engib o'tish jarayonidan foydalanishingiz kerak.