✅ #UzCharmExpo2022
Tayyor charm va yarim tayyor “WET-BLUE” ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “NAFIS CHARM” MChJ o‘z mahsulotlarini “UzCharmExpo -2022” ko‘rgazmasida taqdim etadi.
Xorij kapital ishtirokidagi “NAFIS CHARM” mas'uliyati cheklangan jamiyati o'z faoliyatini 2011 yilda boshlagan. Dastlab, kompaniya yarim tayyor mahsulot “WET-BLUE” ishlab chiqarishdan boshlagan. Bugungi kunga kelib, kompaniya har qanday sifat, tur, rangdagi "KRAST" charm ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.
170 dan ortiq ishchi mehnat qilayotgan korxona eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonida faqat sinovdan o‘tgan kimyoviy vositalardan foydalaniladi. Bu o`z navbatida mahsulot sifatining oshishiga xizmat qilmoqda. Kimoyovi xom ashyo Xitoy, Rossiya, Hindiston, Eron va Turkiyadan yetkazib beriladi.
Korxona mahsulotlari ISO 9001:2009 xalqaro sifat standarti bilan sertifikatlangan. Mahsulot na`munalari maxsus laboratoriya sinovidan o‘tkazilib boriladi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 70 foizi Xitoy, Turkiya, Ukraina va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilinadi.