December 3, 2021

“PUMA” kompaniyasi “WINTERIZED”qishki kolleksiyasini namoyish etdi

Puma” o'ziga xos “Winterized” nomi bilan yangi qishki kiyim va poyabzal kolleksiyasini ishlab chiqarishni boshladi. Kolleksiyadan ustki kiyimlar, aksessuarlar, sport kostyumlari va krossovkalar joy oldi. Ushbu mavsumda “PUMA” dizaynerlari yaqinlashib kelayotgan sovuq ob-havo uchun maxsus yangilik tayyorlashga qaror qilishdi. Shu sabab sovuqqa xavoga chidamli qo'shimcha izolyatsiya va sovuq harorat uchun mo’ljallangan materiallarga ega krossovkalar ishlab chiqdilar.

PUMA X-Ray 2 Square Mid chidamli taglik, issiq sintetik qoplamalar va matolardan iborat suv o‘tkazmaydigan ustki qismiga ega. Modelda bo`g`ichlarni qo'shimcha mahkamlash uchun maxsus halqalar mavjud.

PUMA RS-X nisbatan yangi poyabzal boʻlib, u kuz va qishda kiyish uchun mo’ljallangan. Vizual ravishda, poyabzal bir xil, ammo materiallar tubdan o'zgartirildi. To'qima matolar o'rniga charm, izolyatsiyalangan matolar va sintetik qoplama bilan ishlov berildi.

Yangi kolleksiyaning ranglari erkaklar uchun to'q yashil va ayollar uchun nozik pushti ranglardir. “PUMA” dizaynerlari qishki krossovkalar har doim kir bo`lishini bilib, “Winterized” assortimentini yaratishda tashqi tasirga mukammal darajada qarshilik ko'rsatadigan amaliy ranglardan foydalanildi.