September 21, 2021
#MadeInUzbekistan
✅📣#MadeInUzbekistan rukni orqali bu gal sizga “QARSHI LEATHER” MJCH qoʻshma korxonasining yarim tayyor “wet-blue” hamda tayyor charm mahsulotlari haqida maʼlumot beramiz.
Korxona 2016-yilda Oʻzbekiston, Xitoy va Isroil davlatlari hamkorligida oʻz ishini boshlagan. Asosiy faoliyati mayda shoxli qoramol terisidan tayyor charm va yarim tayyor “wet-blue” charm mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Xom ashyodan asosan ustki kiymlar va attorlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. Korxona XXRning zamonaviy texnologiyalari bilan jihozlangan. Ishlab chiqarish quvvatining umumiy maydoni 45200 kv.m. Bu yerda 100 nafar ishchi mehnat qiladi. Bir yilda 720 000 dona charm mahsulotlari tayyorlanadi.
September 21, 2021, 17:42
0 views
0 reactions
0 replies
0 reposts