May 18, 2022

✅ #UzCharmExpo2022

“UzCharmExpo-2022” ko‘rgazmasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan keng assortimentdagi poyabzallarning yangi kolleksiyalari namoyish etiladi. Tabiiy charmdan yuqori sifatli poyabzal ishlab chiqaruvchi “VODIY SHOES ltd.” korxonasi ko`rgazma ishtirokchilari uchun yangi turdagi mahsulot na`munalarini tayyorladi.

8,5 million evaziga foydalanishga topshiriligan zavod 2019 yildan o`z faoliyatini boshlagan. Korxona Germaniya, Chexiya va Italiyaning zamonaviy ishlab chiqarish uskunalari bilan jihozlangan. “VODIY SHOES” MChJ O`zbekistondagi birinchi avtomatlashtirilgan poyabzal ishlab chiqarish imkoniyatiga ega korxona hisoblanadi. Korxonada mahsulotlar asosan mahalliy xomashyodan tayyorlanadi. Korxonaning yillik quvvati 1 million juft poyabzal ishlab chiqarishni tashkil etadi. Korxona ochilishi bilan 800 dan ortiq kishi ish bilan ta’minlandi. “VODIY SHOES” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimentida klassik poyabzallar, sport va bolalar poyabzallari, shuningdek, buyurtma asosida tayyorlangan barcha turdagi xavfsizlik poyabzallarini uchratish mumkin.

Korxona o`z mahsulotlarini qo‘shni davlatlar, jumladan, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiyaga eksport qilmoqda.