#MadeInUzbekistan
✅📣#MadeInUzbekistan rukni orqali Oʻzbekistonda tayyorlangan poyabzal, kiyim-kechak, aksessuarlar haqida maʼlumot taqdim etishda davom etamiz. Bugungi sonda sizni “Tata Shoes Group” MCHJ mahsulotlari bilan yaqindan tanishtiramiz.
Korxona 2017-yilda Toshkent shahrida oʻz ishini boshlagan. Korxona asosan ayollar poyabzallarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. Korxona tomonidan 1000 dan ortiq modeldagi ayollar poyabzallari ishlab chiqariladi. Assortimentlar orasida biznes poyabzllardan to har kunlik oyoq kiyimlarni uchratasiz. Har bir mavsumda korxona tomonidan 200 ta yangi modeldagi ayollar poyabzallari yaratiladi. Mahsulotlarning barchasi tabiiy va sunniy charm, zamshdan tayyornadi. Korxonada 50 nafar ishchi mehnat qiladi.
Korxona oʻz mahsulotlarini yaqin xorij davlatlari: Qozogʻiston, Rossiya, Qirgʻiz Respublikasiga eksport qiladi.