✅ #UzCharmExpo2022
“Premium Capital Group” MChJ o`zining yangi kolleksiyasini yaqinlashib kelayotgan “UzCharmExpo -2022” charm, poyabzal, attorlik, jun va mo`yna 12-xalqaro ko`rgazma-yarmarkasida namoyish etadi.
“Premium Capital Group” MCHJ 2012-yilda Qarshi shahrida tashkil etilgan. Korxona maxsus poyabzal ishlab chiqarish bilan shug`ullanadi. Shuningdek korxonada tabiiy charmdan erkaklar va ayollar poyabzallari tayyorlanadi.
Korxona Xitoyning zamonaviy uskunalari (kesuv, tikuv va to`quv uskunalari va inyeksion qoplama agregati) bilan jihozlangan. Ishlab chiqarish quvvati yiliga 200-300 ming juft poyabzal. Zavodda poyabzal tagligini yelimlashda inyeksion qoplama usullari qo'llaniladi. Ustki qismini ishlab chiqarishda xromli tabiiy charm (O'zbekiston) va sintetik teri (XXR) qo'llaniladi. Zavod mahsulotlari kompaniya do'konlarida sotiladi.