✅ #UzCharmExpo2022
“Bolajon orzusi” kompaniyasi “UzCharmExpo-2022” xalqaro koʻrgazmasida “Bunker” savdo belgisi ostida ishlab chiqariladigan ixtisoslashtirilgan ish, armiya, trekking poyabzallarini taqdim etadi.
Korxona 2010-yilda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida o`z faoliyatini boshlagan. 4000 kvadrat metr maydonga ega zavodda 205 kishi mehnat qiladi. Yiliga 250 ming juft charm poyabzal ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxonada poyapzal ustki qismlarini tayyorlash hamda poyabzal ustki qismlari uchun zarur bo`lgan ineksion qoplamalar ishlab chiqarish imkoniyati mavjud.
Mahsulot ishlab chiqarishda mahalliy tabiiy teri va sintetik charmdan foydalaniladi. Kompaniyaning afzalligi nafaqat keng assortimenga egaligi, balki mijozning savdo belgisi ostida “Autsorsing” asosida mahsulotlarni tayyorlashidir.