FRАNTSIYANING «CUIR DE LAGNY» KOMPАNIYASI OʼZBEKISTONDАN CHАRM-POYАBZАL MАHSULOTLАRINI EKSPORT QILISHNI BOSHLАYDI
“Oʼzcharmsanoat” uyushmasida Frantsiyaning «CUIR DE LAGNY» kompaniyasi direktori Frank Burian bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi. Muloqotda Frantsiya kompaniyasining mamlakatimiz charm-poyabzal korxonalaridan mahsulotlarni eksport qilish masalasi muhokama etildi.
Frantsiya kompaniyasi mamlakatimizning charm-poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonlari bilan yaqindan tanishdi. Xususan, Nukusdagi “Orient Tehnology”, Fargʼonada joylashgan “Premium Leather”, Namangandagi “Nafis Charm” korxonalarining ishlab chiqarish jarayonlari va mahsulotlari bilan tanishdi. Qayd etilganidek, “Orient Tehnology”da qoʼy terisidan tayyorlanayotgan charmning “krast” bosqichining sifati Yevropa standartlariga toʼliq javob berishi va unga Italiyada talab yuqori ekanligi qayd etildi. “CUIR DE LAGNY” kompaniyasi “Premium Leather” korxonasi bilan esa maxsus poyabzallar va sport poyabzallarini eksport qilish boʼyicha muzokaralar oʼtkazdi.
Frantsiya kompaniyasi talabiga asosan mahalliy korxona maxsus poyabzallaring modellari ustida alohida ish olib boradigan boʼldi. Naʼmunalar almashildi. “Nafis Charm” korxonasida ishlab chiqarilayotgan vet-blyuni Yevropaga eksport qilish maqsad qilingan. Korxonaning vet-blyu bosqichdagi charm mahsulotlari lyuks charm-attorlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun maqul keladi.
Uchrashuv davomida qorakoʼl mahsulotlariga ham Yevropada talab ortayotgani va bu yoʼnalishda ham hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish boʼyicha muzokaralar oʼtkazildi.
Mulqot yakunida Frantsiya kompaniyasi tez fursatda yuqorida sanab oʼtilgan korxonalardan mahsulotlarni eksport qilish boʼyicha ishlar boshlanishini maʼlum qildi. Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning kelgusi istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.