September 19, 2021

#BrandsOfTheWorld

#BrandsOfTheWorld rukni orqali sizga Turkiyaning mashhur brendlaridan biri Kemal Tanca brendining mahsulotlari haqida maʼlumot beramiz. Ushbu brendning savdo tarmoqlari Turkiyaning dam olish maskanlari va Istanbul shahrida joylashgan.

Brendga 1950-yilda tadbirkor Kemal Tancha tomonidan asos solingan. Dastlab faoliyat kichik ishlab chiqarish sexida ichki bozor uchun tabiiy charmdan poyabzal tayyorlashdan boshlagan. Yillar oʻtib ushbu biznes kengayib, bugun Turkiyadagi mashhur brendlardan biriga aylandi. 130 dan ortiq savdo doʻkonlariga ega boʻldi.

Kemal Tanca mustaqil brend boʻlib, 90 foiz mahsulotlarini Turkiyaning ichki bozori uchun ishlab chiqaradi.
Kemal Tanca asosiy eʼtiborni sifatga qaratgan. Assortimentda dizaynerlik ishlarini kam uchratasiz. Asosan klassik poyabzallari mashhur.
Brend mahsulotlarni ishlab chiqarishda tabiiy charmdan foydalanishni afzal deb biladi.
Shu bois tabiiy xom ashyolarga alohida eʼtibor qaratadi. Moda olami tendensiyalaridan kelib chiqib bugungi kunda brend “vegan” modeli ustida ish olib bormoqda. Xozirda ushbu model tez ommalashmoqda.

Brendning asosiy assortimentida erkaklar va ayollar poyabzallari oʻrin olgan. Bosqichma-bosqich, charm kiyimlar, aksessuar va charm-attorlik buyumlarini ishlab chiqarishni ham yoʻlga qoʻymoqda.