✅ #UzCharmExpo2022
“Zinnur Shoes” brendi ostida qulay va arzon sport poyabzallarini ishlab chiqaruvchi “Akbar Business Stroy” MCHJ o‘z kolleksiyasini “UzCharmExpo – 2022” ko`rgazmasida taqdim etadi.
Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joylashgan korxona 2019-yilda ishga tushgan. Korxonani foydalanishga topshirish uchun 6 million dollar sarmoya kiritildi. 2 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalardir. Korxonada Xitoy Xalq Respublikasining “Green international Co Ltd” kompaniyasining zamonaviy texnologik uskunalari o‘rnatilgan.
“Akbar Business Stroy” MCHJ mahsulotlarining sifati xorijlik ishlab chiqaruvchilarnikidan also qolishmaydi. Korxonada 50 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi. Yiliga 80 ming juft poyabzal ishlab chiqarilib, bir qismi eksport qilinadi.