#MadeInUzbekistan
✅📣#MadeInUzbekistan rukni orqali nafaqat Oʻzbekistonda balki, Markaziy Osiyoda poliuretan ishlab chiqarish boʻyicha yagona sanalgan “Top Smart Line” MCHJ kompaniyasi haqida maʼlumot beramiz.
Top Smart Line MCHJ- poliuretan va poliuretan qoʻshimchalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan koʻp tarmoqli korxona hisoblanadi. Korxonada Yevropa texnologiyalari joriy etilgan. Yangi korxona uchun 5 million AQSH dollaridan ortiq mablagʻ jalb etildi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 20 ming tonna poliuretan xomashyosini tashkil etadi. Korxonada ishlab chiqarilgan poliuretan charm va poyabzaldan tashqari koʻplab sohalarda, masalan, mebel, avtomobil butlovchi qismlari va qurilish materiallari ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.
Yana bir muxim jihat, korxonaning ishlab chiqarish texnologiyasi mijozning iltimosiga binoan oʻzgartirilishi mumkin. Oʻzining laboratoriyasi va yangi ishlanmalar boʻlimining mavjudligi kompaniyaga innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga, ularni amaliyotga joriy etish va mahsulot sifatini doimiy ravishda yaxshilashga imkon yaratadi.