#BrandsOfTheWorld
#BrandsOfTheWorld rukni orqali Italiyaning Boloniya provinsiyasida tadbirkor Aldo Furlanetto tomonidan asos solingan erkaklar va ayollar charm buyumlar ishlab chiqaruvchi “Furla” brendi haqida ma'lumot beramiz.
Kompaniya 1927 yilda o`z faoliyatini boshlagan. Italiyalik Aldo Furlanetto va uning rafiqasi Margarita Yevropa bo'ylab sayohat qilib charm buyumlarni sotishgan. Aldoning asosiy orzusi ayollar uchun nafis charm buyumlarni yaratish edi. Vaqt o'tishi bilan Furlanettolar oilasi bu orzu sari jiddiy qadam tashlashga muvaffaq bo'ldi 1955 yilda kompaniyaning birinchi do'koni Boloniyada Ugo Bassi ko'chasida ochiladi. Hozir ham bu ko`chada o`sha mashhur do`konni uchratasiz.
1970-yilda Aldo va Margaritaning farzandlari - Paolo, Karlo va Jovanna zamonaviy sumkalar yaratish ishlariga qo'shilishadi. 1977 yilda “Furla” brendi ostida sumkalar kolleksiyasi paydo bo'ldi. Tez fursatda brend mahsulotlari mashhur bo'ldi. Yangi sumkalar neylon va kauchukdan yaratilgan bo`lib o`ta nozikdir. Muvaffaqiyat oilaga Italiya, Fransiya va AQSHda yangi do'konlar ochishga imkon yaratdi.
1980-yilda oila o'z brendini rivojlantirish uchun yangi konsepsiyani yaratdi. Oddiy ayollar sotib olishi mumkin bo'lgan nafis charm sumkalar kolleksiyasini ishlab chiqardi. Natijada “Furla” sumkalari ayollar garderobining ajralmas qismiga aylanadi.
So'nggi paytlarda Furlanettoning uchinchi avlod vakillari - Marko, Mishel, Filippo va Juzeppelar brendni rivojlantirish bilan shug'ullanishmoqda. Ularning zamonaviy moda aksessuarlari qanday bo'lishi kerakligi haqidagi yangicha qarashlari kolleksiyalarga qo'shimcha nafosat olib kelmoqda. So`ngi trendlarga bo‘lgan e’tibor sabab brend mahsulotlariga talab yanada ortdi. Kompaniya rivojlanishda davom etib, Ispaniya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Gonkong, Xitoy va Yaponiyada do‘konlarini ochdi.
Yaqinda brend yana bir mitti aksessuarni, yani “Furla Bloom” sumkasini taqdim etdi. U origami kabi buklanadi. Kichk hajmdadi sumkani tayyorlashda yorqin ranglardan foydalanilgan. Modelning minimalistik dizayni metall qisqichli uzun akril zanjir bilan to'ldirildi. "Qog'oz" modeli 1927 yildagi mashhur “Furla” siluetiga asoslangan.
Sumka nazorat ostida kompostlash sharoitida biologik parchalanadigan organik materiallardan tayyorlangan bo'lib kimyoviy moddalarini o'z ichiga olmaydi. Materialning asosiy komponenti - bu maxsus yog'och aralashmasi. Ushbu material to`liq Italiyada ishlab chiqariladi va atrof-muhit, inson salomatligi uchun zararli bo`lgan zaharli kimyoviy moddalardan xoli sanaladi.