TA'LIMDAN-MUTAXASSISLIK SARI: CHARM-POYABZAL VA MO'YNCHALIK SOHASI TALABALARI DIPLOM LOYIHALARINI HIMOYA QILDI
2022 yilning 8 iyun kuni “O'zcharmsanoat” uyushmasida Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutining charm buyumlarni konstruksiyalash va texnologiyasi kafedrasining 4 kurs bakalavr bitiruvchilari bitiruv malakaviy ishlarini himoya qildi. Diplom loyihalarini tayyorlashning qiyin davri ortda qoldi. Endigi navbat barcha bitiruvchilar diqqatni jamlab, ilmiy izlanishlarni munosib himoya qilishlari lozim.
Respublikamiz Oliy ta'lim muasasalari orasida ilk bor Toshkent to'qimachlik va yengil sanoati instituti “O'zcharmsanoat” uyushmasi bilan hamkorlikda diplom loyihalari himoyasini ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari va texnologlari, uyushma mutaxassislari qarshisida himoya qildi.
– Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (teri va mo'ynaga ishlov berish)
– Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (charm va mo'yna buyumlari)
–Texnologiyalar va jihozlar (charm va mo'yna, qora-ko'l) yo'nalishadagi 6 nafar talaba olti oy davomida diplom loyihasini tayyorlash maqsadida “O'zcharomsanoat” uyushmasiga a'zo korxonalarda amaliyot o'tadi. Ayni jarayonda bitiruvchilar ilmiy izlanishlarining mavzularini tanlab olishdi.
Yevropa Ittifoqining “Erasmus+” dasturi doirasida «O'zcharmsanoat» uyushmasi hamda Toshkent to'qimachlik va yengil sanoat instituti o'rtasida charm-poyabzal va mo'ynachilik tarmog'ini barqaror rivojlantirish hamda ilm-fan integrasiyasini to'liq amalga oshirish, sohani malakali kadrlar bilan ta'minlash maqsadida hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilgan. “O'zcharmsanoat” uyushmasida bo'lib o'tgan bitiriuv malakaviy ish himoyasida talabalar o'zlarining mamlakatimiz charm-poyabzal va mo'ynachilik tarmog'ining rivojiga xissa qo'shuvchi loyihalarining taqdimotini o'tkazdi. So'ngi tendensiyalar, ekologiyaga ta'sir, loyihalarning yangiligi, eng muhimi iqtisodiyotga foydasi. Ayni me’zonlar asosida tayyorlangan diplom loyihalari uyushma a'zolari va ishlab chiqarish korxonalari tomonidan taxlil qilindi.
Bugungi kunda “O'zcharmsanoat” uyushmasi xorijiy Oliy ta'lim muasasalari bilan ham yaqin hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Ayni vaqtda Olmota texnologiya universiteti talabalari mamlakatimizdagi korxonalarda amaliyot o'tamoqda. Diplom ishi himoyasida ular ham O'zbekistonlik talabalarning bilim va ko'nikmalari bilan yaqindan tanishdi.
Diplom loyihasi himoyasini “O'zcharmsanoat” uyushmasiga a'zo korxonalar onlayn tarzda ham kuzatib borishdi. O'z taklif va tavsiyalarini bitiruvchilarga ma'lum qildi. Respublikamizda ilk bor joriy qilingan bu amaliyot eng avvalo bilimli va salohiyatli kadrlarni o'qishni tamomlagach o'zlari maqul ko'rgan tashkilotlarda ishlashlari uchun imkon beradi. Shuningdek, mehnat bozorida kadrlarga bo'lgan talabning yanada shafoflashishiga xizmat qiladi.
“O'zcharmsanoat” uyushmasi bitiruvchilarni to'rt yillik ta'limni tamomlaganlari va diplom loyihasi himoyasini muvaffaqiyatli topshirganlari bilan tabriklaydi. Sizga o'z mutaxassisligingiz bo'yicha ish joyingizda faol va samarali mehnat faoliyatini tilaymiz. Ezgu maqsadlaringiz yo'lida omad yor bo'lsin!