January 11, 2022

#MadeInUzbekistan

✅📣 #MadeInUzbekistan rukni orqali bugun eko-charm va PVX pol qoplamalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Sanfa Leather” MCHJ mahsulotlari haqida maʼlumot beramiz.

2018-yilda Fargʻona shahrida oʻz faoliyatini boshlagan korxonada toʻqimachilik va toʻqimachilik texnologiyasi asosida eko-charm ishlab chiqariladi. Bu yerda eko-charmning koʻplab turi tayyorlanadi. Elastik, mustahkam va tashqi taʼsirga chidamli bu material hidsiz, havo oʻtkazuvchan sanaladi. Namlanmaydi, sovuqqa chidamli. Mahsulotlar kiyim-kechak, sumka, qoplama tayyorlash uchun mos keladi. Ishlab chiqarish quvvatida 150 dan ortiq ishchi mehnat qiladi. Korxonaning yillik quvvati 200 000 kv.m. teri mahsulotlarini tayyorlashga moʻljallangan.

Kompaniya shuningdek, koʻp qatlamli PVX pol qoplamalari - KIDS“ va ”SPORT LINE" toʻplamlarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. Bu sovuq, issiq, namlik va ovoz izolyatsiyasidan himoya qiladi. Mazkur qurilish materiali maktabgacha taʼlim muassasalari, oʻyin maydonchalari, raqs va sport majmualari hamda turar-joy binolarida pol qoplamalari uchun moʻljallangan.