#BrandsOfTheWorld
#BrandsOfTheWorld rukni orqali bugun sizga “Zonkey Boot” brendining poyabzallari haqida maʼlumot beramiz. Mazkur brendga 2010-yilda Aleksandra Diakon i Mixael Rolig tomonidan asos solingan.
Zonkey Boot — Avstriya poyabzal korxonasi sanaladi. “Zonkey” ingliz tilidan tarjima qilinganda zebroidlar deb nomlanadi. Bu jonivorlar inson aralashuvi bilan yaratilgan juda kam uchrovchi xayvonlar sanaladi. Shu bois brend poyabzallari ham oʻziga xosdir.
Kompaniya mahsulotlarining asosiy xususiyati shundaki, poyabzallarni yaratishda kolleksiyani ishlab chiqishdan tortib materialni tanlashgacha boʻlgan har bir detalga eʼtibor qaratiladi. Bundan tashqari, “Zonkey Boot” boshqa kompaniyalarga qaraganda mahsulot ishlab chiqarishda ham oʻziga xos yondoshuvga ega. Brend poyabzallari va etiklarini ishlab chiqarishda zamonaviy moda tendensiyalarini hisobga olgan holda va innovatsion texnologiyalardan foydalaniladi. Ammo koʻp asrlik poyabzal ustalarining ananaviy texnologiyalari unutilmagan.
Poyabzallarni yaratishda silliq, mumlangan buzoq terisidan, zamsh, turli xildagi toʻqimachilik materiallaridan foydalaniladi. Kamdan-kam hollarda poyabzal fil terisidan tayyorlanadi. Kompaniya Fransiya, Germaniya, AQSH korxonalaridan teri oladi.
Kompaniyaning shtab-ofisi Venada, ishlab chiqarish korxonasi esa Italiyada joylashgan.