May 22, 2022

✅ #UzCharmExpo2022

Darital Shoes oʻzining poyabzal kolleksiyasini yaqinlashib kelayotgan “UzCharmExpo -2022” charm, poyabzal, attorlik, jun va mo`yna 12-xalqaro ko`rgazma-yarmarkasida namoyish etadi.

1999-yilda Urganch shahrida tashkil etilgan korxonada asl charmdan zamonaviy sifatli poyabzallar ishlab chiqarilmoqda. Mahsulot assortimenti kuz-qishki erkaklar va o'smirlar etiklari, yarim-botinkalar, bahor-yoz klassik poyabzallari, mokasinlar va boshqa kundalik poyabzallarni o'z ichiga oladi.

Korxonada o‘zining kesish va tikuv uskunalari, yig‘ish uchun konveyer mavjud. Korxona mutaxassislari jahon tendentsiyalarini hisobga olgan holda poyabzal dizaynini mustaqil ishlab chiqish bilan shug'ullanadi.