December 14, 2021

#MadeInUzbekistan

#MadeInUzbekistan rukni orqali sizga “Osiyo Charm Fayz” kompaniyasining mahsulotlari haqida maʼlumot taqdim etamiz. Korxona yirik va mayda shoxli qoramol terisidan poyabzal, charm kiyim, charm-attorlik buyumlarini tayyorlash uchun zarur boʻlgan tayyor charm ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi.

Korxona faoliyatini 2021-yilda Toshkent viloyatida boshlagan. Bugungi kunda uning mahsulotlariga bozorda talab yuqori. Korxona toʻliq zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.

Kimyoviy moddalar asosan Xitoy, Rossiya, Turkiya, Ispaniya va Xindistondan import qilinadi. Bugungi kunda ishlab chiqarish quvvatida 25 nafar mehnatchi xizmat qiladi. Korxona yiliga 8400 iln.kv.dm tayyor charm ishlab chiqarish imkoniga ega.