November 2, 2021

#MadeInUzbekistan

#MadeInUzbekistan mamlakatimizda tabiiy charmdan ishlab chiqarligan poyabzal va aksessuarlar haqida ma’lumot berishda davom etadi. Bu gal sizlarni “To`rt Fasl Fayz” korxonasining ayollar uchun mo`ljallangan sumkalari bilan tanishtiramiz.

Kompaniya 2003 yildan buyon faoliyat olib boradi. Shu kunda qadar 500 dan ortiq modeldagi charm-attorlik buyumlarini xaridorlarga taqim etib ulgurdi. Korxona mahsulotlariga respublikamizda talab yuqori.

“To`rt Fasl Fayz”ning ayollar uchun mo`ljallangan sumkalari O`zbekiston qolaversa Germaniya, Polsha, Qozog`istondagi ko`rgazma va taqdimotlarda ham katta qiziqishlarga sabab bo`lgan. Korxona mahsulotlari yuqori sifatli va mustahkam charm va boshqa materiallardan tikiladi. Zamonaviy furnituralar bilan boyitiladi.

“To'rt Fasl Fayz” brendi sumkalarini korxonaning magazinlaridan, Toshkent va respublikamizning yirik savdo tarmoqlaridan topishingiz mumkin. Mahsulotlar narxi 100 000 so`mdan boshlanadi.