February 15, 2022

#MadeInUzbekistan

✅📣#MadeInUzbekistan rukni orqali tayyor charm va yarim tayyor charm mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "NAFIS CHARM" MChJ haqida ma'lumot beramiz.

Chet el kapitali ishtirokidagi "NAFIS CHARM"MCHJ o'z faoliyatini 2011 yilda boshlagan. Dastlab, kompaniya "ho'l ko'k" yarim tayyor charm mahsulot ishlab chiqarish bilan boshlagan. Bugungi kunga kelib, kompaniya har qanday turdagi va rangdagi sifatli tayyor charm ishlab chiqaradi.

170 nafardan ortiq ishchi mehnat qilayotgan korxona eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Ishlab chiqarish jarayonida faqat sinovdan o‘tgan kimyoviy vositalardan foydalanilayotgani mahsulot sifatini yuqori darajada ta’minlashga xizmat qilmoqda. Ular Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Hindiston, Eron va Turkiyadan yetkazib beriladi.

Korxona mahsulotlari ISO 9001:2009 xalqaro sifat standarti bilan sertifikatlangan. Mahsulot na'munalari laboratoriyada sinovdan o‘tkaziladi. Sifat mutaxassislarning doimiy nazoratida. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 70 foizi Xitoy, Turkiya, Ukraina va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilinadi.