✅ #UzCharmExpo2022
“UzCharmExpo-2022” ko‘rgazmasi turli brendlarning charm mahsulotlari, poyabzal va attorlik buyumlarining keng assortimentini o`zida jamlaydi. O`zbekistonning mashhur brendi –“The Black Quail” yangi kolleksiyasi bilan ko`rgazma ishtirokichisga aylanadi.
“Black Quail” 2013-yildan buyon charm-attorlik buyumlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Brend erkinlik va individuallikni namoyon qiladi. Buyuk ajdodlar madaniyati, musiqa, rassomlik, kino, shuningdek, O‘zbekistonning mumtoz va zamonaviy san’atidan ilhomlangan dizaynerlar mahsulotlarni yaratib kelmoqda. Brend nomi ham aynan milliy qadriyatlar va uning ildizlariga tegishliligini saqlab qolish istagidan kelib chiqib tanlangan. Uning o`ziga xosligi ham aslida shundadir.
“Black Quail” sumkalar, ryukzaklar, hamyonlar va turli xil charm aksessuarlar ishlab chiqaradi. “Black Quail”ning har bir mahsuloti san'at, go'zallikka asoslangan.