May 16, 2022

✅ #UzCharmExpo2022

“Magnate shoes” brendi “UzCharmExpo-2022” charm, poyabzal, attorlik, jun va mo`yna mahsulotlari 12-xalqaro koʻrgazma-yarmarkasi ishtirokchisi.

2017-yil Toshkent shahrida tashkil etilgan “Toshkent poyapzal sanoati” XK “Magnate shoes” brendi ostida tabiiy charmdan klassik erkaklar poyabzalini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxonada oyiga 2500 juftdan ortiq mahsulot ishlab chiqariladi. Barcha mahsulotlar Italiya texnologiyalari asosida tayyorlanadi.

“Magnate shoes” savdo belgisi mahalliy va xorijiy bozorda muvaffaqiyatga erishib, taniqli brendlardan biriga aylanmoqda. Korxona mahsulotlarini qo‘shni davlatlar, jumladan, Qozog`iston va Rossiyaga eksport qiladi.