✅ #UzCharmExpo2022
Ayollar poyabzallarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Tata Shoes Group” MCHJ yaqinda bo‘lib o‘tadigan “UzCharmExpo – 2022” charm, poyabzal, attorlik, jun va mo`yna mahsulotlari 12-xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasida o‘zining yangi mahsulotlari bilan ishtirok etadi.
2017-yilda Toshkent shahrida o‘z faoliyatini boshlagan korxona ayollar poyabzallarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniya mahsulotlarining assortimenti biznesdan kundalik uslubgacha bo`lgan 1000 dan ortiq zamonaviy poyabzal modellarini o'z ichiga oladi. Har mavsumda kompaniya dizaynerlari yuqori sifatli charm va zamshdan tayyorlangan ayollar poyabzallarining 200 ta yangi modellarini yaratadi. Korxonada 50 dan ortiq ishchi mehnat qiladi.
Korxona o‘z mahsulotlarini qo‘shni davlatlar: Qozog`iston, Qirg`iziston, Rossiyaga eksport qiladi.