#MadeInUzbekistan
✅📣 #MadeInUzbekistan O'zbekistonda ishlab chiqarilgan poyabzal, kiyim-kechak va aksessuarlar haqida ma'lumot berishda davom etadi. Bu galgi sonda sizni ayollar poyabzali ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “SentyLee” MCHJ mahsulotlari bilan tanishtiramiz.
2017-yilning may oyida Toshkent viloyatida o'z faoliyatini boshlagan korxona ayollar poyabzali ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniyaning assortimenti “Soofylia”, “Amanda”, “SL”, “Eternelle & Rasine” brendlarining ishlab chiqarish linyalariga kiritilgan zamonaviy modellarni o'z ichiga oladi. Korxona mahsulotlari beznes hayot va kundalik turmush tarzi uchun mo'ljallangan.
Oyoq kiyimlar yuqori sifatli charm va zamshdan tayyorlanadi. Korxonada 70 dan ortiq ishchi mehnat qiladi. Kompaniyaning yillik quvvati 30 000 juftni tashkil etadi.
Korxona o'z mahsulotlarini qo'shni davlatlar: Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Rossiyaga eksport qiladi.