✅ #UzCharmExpo2022
Tabiiy charmdan attorlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi “Atelier Milano” kompaniyasi poytaxtimizda bo’lib o’tadigan UzCharmExpo-2022 xalqaro ko’rgazmasiga katta tayyorgarlik ko’rmoqda. Charm, poyabzal, attorlik, mo'yna, jun va mahalliylashtirilgan mahsulotlar sohasidagi innovasiya va yangiliklar maydoni “UzCharmExpo-2022” 12 - xalqaro ko'rgazma-yarmarkasida kompaniyaning o’ziga xos mahsulotlari jamlangan kolleksiya bilan tanishish imkoniga ega bo’lasiz.
Kompaniya O‘zbekiston bozorida 2015 yildan bo'yon faoliyat yuritib kelmoqda. Ayni paytda korxonada Italiya texnologiyasi asosida 500 dan ortiq turdagi erkaklar va ayollar charm kamarlari, turli xil charm mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Zamonaviy dizayndagi mahsulotlar eng so’ngi asbob-uskunalar yordamida tayyorlanadi. Zampo, Accademia va Premium Belt brendlarining charm belbog'lari zamonaviy modaning so'nggi tendensiyalarini o’zida namoyon etgan.