November 23, 2021

#MadeInUzbekistan

✅📣#MadeInUzbekistan rukni orqali bugun sizni “HAMKOR NUR SAVDO” MCHJning qoʻy terisidan ishlab chiqarilgan tayyor va yarim tayyor charm mahsulotlari shuningdek, mayda va yirik shoxli qoramol terisidan tayyorlangan sheep wet-blue, cow wet-blue yarim tayyor charm mahsulotlari bilan tanishtiramiz.

Korxona oʻz faoliyatini 2004-yilda Ohangaron shahrida boshlagan. Qisqa vaqt ichida zavod ishonchli, sifatli va samaradorligi bilan oʻz nomini nafaqat mamlakat ichida balki tashqi bozorda ham tanitishga erishdi. Korxona Italiyadan keltirilgan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Yiliga 125 mln. kv. dm charm mahsuloti ishlab chiqariladi. Shundan 50% eksport qilinadi.

Eksport geografiyasini Turkiya, Rossiya, Xitoy, Koreya, Xindiston va Markaziy Osiyo davlatlari tashkil etadi. Bugungi kunda bu yerda 200 nafardan ortiq ishchi mehnat qiladi.