August 9, 2022

#MadeInUzbekistan

✅📣 #MadeInUzbekistan rukni orqali mamlakatimizda tabiiy charmdan tayyorlangan poyabzal, aksessuarlar haqida ma'lumot berishda davom etamiz. Bugun sizlarni “OSIYO SAVDO SANOAT” mahsulotlari bilan tanishtiramiz. Korxona asosan TM Doveriye markasi ostida erkaklar poyabzallarini ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi.

Korxona 2015 yilda Andijon shahrida o'z faoliyatini boshlagan. Keng assortimentdagi erkaklar, o'smirlar va bolalar poyabzallarini ishlab chiqaradi. Korxona zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Bu yerda kuniga 400 dan 800 juftgacha poyabzal ishlab chiqariladi.

Fabrikada 90 ta ishchi faoliyait olib boradi. Poyabzallar tayerlashda korxona faqat eng sifatli toza charmdan foydalanadi.

OSIYO SAVDO SANOAT buyurtmachi brendi ostida zagatovkalar tikish va poyabzal ishlab chiqarish bilan ham shug'ullanadi.