#BrandsOfTheWorld
Bugun #BrandsOfTheWorld rukni orqali Turk brendi “HammerJack”ning erkaklar va ayollar uchun mo`ljallangan premium toifadagi kundalik poyabzallari haqida ma`lumot beramiz.
Hammer Jack - Turkiyaning Gaziantep viloyatida yashovchi Urgan oilasiga tegishli turk poyabzal brendi. Mahsulot ishlab chiqarish 1960 yilda boshlangan. Uch avloddan meros bo`lgan malakali boshqaruvi sabab biznes tez va muvaffaqiyatli rivojlandi. Moda olamining o'nggi tendentsiyalari va yuqori sifatli mahsulotlar brendni te fursatda obro'ga ega bo'lishiga sabab bo`ldi. Bu esa xaridorlarning katta auditoriyasini ta'minladi. “Hammer Jek”ning butun assortimenti faqat tabiiy materiallardan tayyorlangan. Assortimentda krossovkalar, etiklar, klassik va ortopedik bolalar poyabzallari mavjud.
Bugungi kunda kompaniyaning Turkiya bo'ylab 15 dan ortiq do'konlari va 500 dan ortiq savdo nuqtalari mavjud. Hammer Jack o'z mahsulotining 40 foizini 25 ta mamlakatga eksport qiladi.