O'ZBEKISTON-ERON: XOM ASHYO SAVDOSI VA INVESTISIYA YO'NALISHIDA HAMKORLIK
Eronning O'zbekiston iqtisodiyotiga kiritayotgan sarmoyasi yildan- yilga ortib bormoqda. Jumladan, charm-poyabzal va mo'ynachilik sohalaridagi o'zaro manfaatli hamkorlikka, Eron kompaniyalari katta qiziqish bildirmoqda.
“O'zcharmsanoat” uyushmasida, Eronning “EXIM” kompaniyasi vakillari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda, aynan respublikamizning charm-poyabzal sohasiga mazkur davlat sarmoyalarini yanada keng jalb etish, mamlakatimizda tayyorlanayotgan yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni Eronga eksport qilish bo'yicha muloqot o'tkazildi. Shuningdek, Erondan O'zbekistonga charm-poyabzal sanoati uchun xom ashyo, xususan poliuretanni import qilish bo'yicha fikrlar o'rtaga tashlandi.
Ma'lumot o'rnida qayd etish kerakki, “EXIM” kompaniyasi- eksport-import yo'nalishidagi yirik kompaniya sanladi. Mazkur tashkilotning O'zbekistondagi xom ashyo provayderi ham, faoliyat olib bormoqda. Malakali marketing jamoasi, O'zbekiston korxonalarini respublikada mavjud bo'lmagan xom ashyo bilan ta'minlash yo'nalishida faol izlanishlar olib bormoqda. Eng muhimi, kompaniya- o'z faoliyati davomida, sifatga alohida e'tibor qaratib, mahsulotlarni yetkazib berishda iste'molchi xuquqlariga, milliy standartlarga kat'iy rioya qiladi.
Uchrashuv chog'ida, “EXIM” kompaniyasi vakillari - “O'zcharmsanoat” uyushmasiga a'zo korxonalar safiga kirish istagini bildirdilar. Bu jarayonda olib boriladigan ishlar qo'yiladigan shartlar xususida fikr almashildi. Eron kompaniyasi qayd etganidek, bugun bu sohada davlat va uyushmaning tadbirkorlarga berayotgan imkoniyat va imtiyozlari- yildan-yilga ortib bormoqda.
Muloqot chog'ida, O'zbekistonda qo'y terisidan tayyorlangan yarim tayyor charm mahsulotlarini (WET-BLUE), Eronga eksport qilish bo'yicha muzokaralar o'tkazildi. Shuningdek, Eronlik sarmoyadorlarni mamlakat iqtisodiyotiga faol jalb etish borasida fikrlar bildirildi.
Shuningdek, muloqotda mamlakatimizning charm-poyabzal va mo'ynachilik tarmog'iga chet-el sarmoyasini yanada faol jalb etish maqsadida Eronlik investorlarni bu sohaga jalb qilish masalasi kompaniya vakillari bilan muhokama qilib olindi.
Yana bir muhim jihat bugungi kunda mayda shohli qoramol terisidan tayyorlangan yarim tayyor charm mahsulotlariga Eronda talab ortib bormoqda. O'zbekiston esa boy xom ashyo bazasiga ega. Shu maqsadda Eron kompaniyasi Samarqand viloyatida joylashgan «Kamron biznes stroy» MCHJ bilan birga bu yo'nalishda hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'ydi. Endilikda mazkur hamkorlik natijasida mayda shohli qoramol terilaridan tayyorlangan yarim tayyor charm mahsulotlari Eronga eksport qilinadi.
Uchrashuv so'ngida, “EXIM” kompaniyasi bilan hamkorlikning amaliy jihatlari atroflicha muhokama qilindi.