May 13, 2022

✅ #UzCharmExpo2022

“Шебекинская индустриальная химия” MChJ – Charm, poyabzal, attorlik, mo'yna va jun mahsulotlari “Uzcharmexpo-2022” 12 - xalqaro qo'rgazma-yarmarkasi ishtirokchisi. Kompaniya ko’rgazma ekspozitsiyasida tayor charm va mo'yna mahsulotlarini tayyorlashda ishlatiladigan bo’yash va pardozlash uchun zamonaviy kimyoviy vositalarni namoyish etadi.

“Шебекинская индустриальная химия” MChJ Rossiya kimyo sanoatining yirik korxonasi bo'lib, charm va poyabzal, mo'yna va to'qimachilik sanoati uchun kimyoviy moddalar ishlab chiqaradi. 30 yildan ortiq muvaffaqiyatli faoliyati davomida “Шебекинская индустриальная химия” MChJ kimyo sanoati segmentida etakchiga aylandi. Kompaniya mazkur yo’nalishda assortiment va yo'nalishlarni doimiy diversifikatsiya qilish bilan shug'ullanadi. Xaridorgir bo‘lgan mahsulotlar turini kengayishi, faoliyatning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish bu boradagi ishlar samarasidir.