May 18, 2022

✅ #UzCharmExpo2022

O`zbekistonda ishlab chiqarilgan bolalar poyabzallari “UzCharmExpo 2022” 12-Xalqaro charm, poyabzal, attorlik, jun va mo`yna mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkasida namoyish etiladi. Bo`lajak tadbirda “Kosonsoy AL-Aziz” MChJ bolalar uchun o‘zining poyabzallar to‘plamini namoyish etadi.

Zavod 1989 yildan buyon bolalar va o‘smirlar uchun charmdan poyabzal ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarishda faqat ekologik toza tabiiy charm va bolalar salomatligi uchun xavfsiz boshqa materiallardan foydalaniladi. Mahsulotlarni loyihalash va ishlab chiqarishda bolalar oyog'ining barcha xususiyatlari hisobga olinadi. Bu esa poyabzallarni qulayligini oshiradi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 200 ming juft poyabzal. Bu yerda 100 dan ortiq kishi mehnat qiladi. Poyabzal modellari konsepsiyasi ustida Xitoy va Rossiyalik dizaynerlar ishlaydi.

Mahsulotlar assortimenti 100 dan ortiq modellarni o'z ichiga oladi. Yangi kolleksiya yilida uch marta tayyorlanadi.

Ko'p yillik faoliyati davomida kompaniya MDH bozorida ham o`z o`rniga ega bo`ldi. Korxonada bolalar poyabzallaridan tashqari erkaklar, ayollar va sport poyabzallari ham ishlab chiqariladi.