January 18, 2022

#MadeInUzbekistan

✅📣 #MadeInUzbekistan rukni orqali bugun sizga qorako'l mahsulotlarining tarixiy vatani - ko'hna Buxoroda joylashgan "Qorako`l Leader" mo'yna fabrikasi mahsulotlari haqida ma’lumot beramiz.

Ishlab chiqarishning yuqori texnologik madaniyati, mahsulot sifatini doimiy ravishda oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish fabrikaning asosiy xususiyatlaridan sanaladi. Ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalar bilan bir qatorda qadimiy retseptlar va an'anaviy mo'yna texnikasi saqlanib qolmoqda.

"Qorako`l Leader" da ayni paytda 30 nafar ishchi mehnat qilmoqda. Fabrikada 200 dan ortiq turdagi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Korxonada qorako`l 60% ni, qorako`lcha esa 40% esa tashkil etadi. Assortimentdan mo'ynali kiyimlar, boa, poncholar, kurtkalar, paltolar, jiletlar va boshqa turdagi mahsulotlar o`rin olgan. Kompaniya har yili moda tendentsiyalariga muvofiq yangi kolleksiyalarni ishlab chiqishda moskvalik dizaynerlar bilan yaqin hamkorlikni yo'lga qo'ygan.

Korxona har yili Sankt-Peterburg va Pekinda bo`lib o`tadigan yarmarkalarda faol ishtirok etib keladi. Mahsulotlar Rossiya, Qozog‘iston, Yevropa mamlakatlariga eksport qilinadi.