June 21, 2022

“O'zcharmsanoat” uyushmasi a'zolari bo'lgan korxonalar rahbarlari diqqatiga!

“O'zcharmsanoat” uyushmasi Boshqaruv yig'ilishining qaroriga muvofiq 2022 yilning 29 iyun kuni soat 15:00 da “O'zcharmsanoat” uyushmasi a'zolarining navbatdagi umumiy yig'ilishi Toshkent shahri “O'zcharmsanoat” uyushmasi binosining Majlislar zalida (manzil: Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko'chasi, 109-uy) o'tkaziladi. Ishtirokchilar umumiy yig'ilishda Qoraqalpog'iston Respublikasining Nukus shahridan va barcha viloyatlar markazlaridan video konferens aloqa (VKA) tizimiga ulangan holda ham ishtirok etishlari mumkin.

Umumiy yig'ilishning kun tartibi quyidagi masalalardan iborat:

1. Sanoq komissiyasi a'zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2. Uyushma a'zolarining umumiy yig'ilishda yig'ilish o'tkaziladigan joyga shaxsan kelish yoki video konferens aloqa (VKA) tizimiga ulangan holda ishtirok etishi mumkinligini ma'qullash to'g'risida.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Charm-poyabzal va mo'ynachilik sohalarida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2022 yil 26 fevraldagi PQ-143-son qarori ijrosini tashkil etish to'g'risida.
4. 2022 yilda sohaga investisiyalarni jalb qilishni yanada kengaytirish, Hukumat tomonidan belgilangan eksport ko'rsatkichlari ijrosini ta'minlash va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni kuchaytirish to'g'risida.
5. Uyushma ijro etuvchi apparatining hamda Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash jamg'armasining 2021 yil uchun yillik hisobotlarini ko'rib chiqish va ma'qullash.
6. Uyushma ijro etuvchi apparatining hamda Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash jamg'armasining 2022 yil uchun xarajatlar smetasini ko'rib chiqish va ma'qullash.
7. “O'zcharmsanoat” uyushmasiga a'zo korxona va tashkilotlarning to'lov intizomini 2021 yildagi holati va 2022 yilda to'lov intizomini yanada mustahkamlash to'g'risida.
8. “Undirilishi umidsiz deb hisoblangan qarzdorliklarni hisobdan chiqarish to'g'risida nizom” loyihasini ko'rib chiqish va tasdiqlash to'g'risida.
9. Uyushma Kengashi a'zolarini saylash.
10. Uyushma boshqaruvi a'zolarini tayinlash.
11. Uyushma ijro etuvchi apparati tuzilmasiga kiritilgan o'zgartish va qo'shimchalarni inobatga olgan holda ushbu tuzilmani yangidan tasdiqlash.
12. Uyushma a'zoligiga qabul qilish shartnomasining namunaviy shakllarini yangi tahrirda tasdiqlash.

Umumiy yig'ilishda ishtirok etuvchilardan o'z pasportlarini Sanoq komissiyasi a'zolariga ko'rsatishlari, agar vakil ishtirok etadigan bo'lsa ushbu vakil nomiga yuridik shaxs nomidan yig'ilishda ishtirok etish huquqini beruvchi o'rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan Ishonchnomani Uyushmaning +99893 399 00 44 raqamli telegram kanali orqali taqdim etishlari so'raladi.

Yig'ilish ishtirokchilari yig'ilishga video konferens aloqa (VKA) tizimiga ulanish orqali yoki yig'ilish o'tkaziladigan joyga shaxsan kelish orqali ishtirok etishlari mumkin.
Yig'ilish ishtirokchilari 2022 yil 29 iyun kuni soat 14-00dan 15-00 gacha ro'yxatga olinadi.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun telefon: 71 207 95 55 (ichki 160).