February 19, 2022

#BrandsOfTheWorld

#BrandsOfTheWorld rukni orqali sizlarga Ispaniyaning klassik va dizayn poyabzal brendi “Magnanni” mahsulotlari haqida ma’lumot beramiz. Brend asosan qo'lda bo'yalgan poyabzallarning ko'rinishi bilan mashhur.

“Magnanni” brendi 1954 yillik tarixga ega. Kompaniya Ispaniyaning "Poyabzal hududi" deb nomlangan Almansada joylashgan. Dastlab, kompaniyada atiga besh kishi ishlagan. Uni Sebastian Blanco boshqargan. Brend o'z nomini Sebastianning o'g'li Pasquale raxbarlik qilgan paytda olgan. 1989 yilda kompaniya boshqaruviga Pasqualening farzandlari ham qoshiladi. Bugungi kunda ham brend oyilaviy kompaniya xisoblanadi.

"Magnanni" poyabzallarining dizayni ko'pincha g'ayrioddiy, ba'zi modellarni hattoki eksentrik deb atash mumkin. Brend assortimenti juda keng. Bundan tashqari, an'anaviy ko'rinishga ega bo'lgan bejirim poyabzallar ham mavjud. Brend sport poyabzallari, jumladan, charmdan tayorlangan kedalarni ishlab chiqaradi.

"Magnanni" brendi poyabzallari sifatli buzoq, zamsh, kaltakesak, alligator va timsoh terisidan tayyorlanadi. Ustki qismi odatda qo'lda bo'yaladi. Ba'zi modellar to'qilgan teridan tayyorlanadi. Teri Ispaniya, Fransiya, Italiya korxonalaridan xarid qilinadi. Tagliklar teri va sintetik materiallardan tayyorlanadi.

Mahsulotlar to’liq Ispaniyada ishlab chiqariladi.